Sayyor qabul: Xovos tumani aholisi qanday masalalarni kötardi?
Sayyor qabul: Xovos tumani aholisi qanday masalalarni kötardi?
Xovos tumanida Özbekiston Respublikasi Prezidentining Sirdaryo viloyatidagi Xalq qabulxonasi tomonidan navbatdagi sayyor qabul ötkazildi.
Viloyat hokimi vazifasini bajaruvçi Doniyor Kadirov boşçiligidagi qabulda viloyatdagi korxona va taşkilotlar rahbarlari hamda mas’ullar iştirok etdi.
Qabul davomida 146 nafar fuqaroning taklif va murojaatlari tinglandi. Ularning 108 tasi Xovos tumanidan kelib tuşdi. Şuningdek, Yangiyer şahridan 15 ta, Mirzaobod tumanidan 7 ta, Guliston şahridan 5 ta, Boyovut, Sayxunobod va Sirdaryo tumanlarining har biridan 3 tadan, Şirin şahri hamda Guliston tumanidan 1 tadan murojaat qabul qilindi.
Murojaatlarda bandlik, iş haqi, kredit va bank, uy-joy hamda kadastr, yer ajratiş va uy-joy bilan ta’minlaş masalalari kötarildi. Şuningdek, kommunal xizmatlar, nafaqa va ijtimoiy yordam, huquqiy hamda hujjatlarni rasmiylaştiriş bilan boğliq muammolar bildirildi.
Har bir murojaat mas’ullar iştirokida körib çiqildi. Joyida hal etiş mumkin bölgan masalalar yuzasidan çoralar belgilandi, qöşimça örganiş talab etiladigan murojaatlar ijrosi nazoratga olindi.
Web-site | Instagram | Facebook