Ziyolilarning taklif va taşabbuslari amaliy natijaga yönaltirildi










Ziyolilarning taklif va taşabbuslari amaliy natijaga yönaltirildi
Guliston şahridagi Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabida «Yangi Özbekiston ziyolilari — milliy yuksaliş tayançi» şiori ostida ikki kunlik anjuman ötkazildi.
Unda respublika vakillari, senatorlar, olimlar, davlat va jamoat arboblari, adabiyot va san’at namoyandalari hamda Sirdaryo viloyati ziyolilari iştirok etdi.
Anjuman davomida ilm-fan, ta’lim, madaniyat, milliy qadriyatlar, tarixiy meros va yoşlar tarbiyasiga oid masalalar muhokama qilinib, 600 dan ortiq taklif va taşabbus ilgari surildi.
Xususan, milliy kontentni sun’iy intellekt orqali rivojlantiriş, özbek adabiyoti qahramonlarini yoşlarga zamonaviy usullarda tanitiş, Yoğoçli sardobani ilmiy örganiş, qadimiy karvonsaroylarni tadqiq etiş va ularni sayyohlik marşrutlariga kiritiş böyiça takliflar bildirildi.
Muhokamalarda ziyolilarning jamiyat hayotidagi örni, islohotlar mazmun-mohiyatini aholiga yetkaziş va hudud taraqqiyotiga daxldor taşabbuslarni amalga oşirişdagi mas’uliyatiga alohida e’tibor qaratildi.
Anjuman yakunida bildirilgan takliflarni umumlaştiriş, ustuvor yönalişlarni belgilaş va ularning amaliy ijrosini ta’minlaş muhim vazifa sifatida belgilandi.
Web-site | Instagram | Facebook