← Yangiliklar

⚡️“YIL AYOLI” milliy tanloviga start berildi!

⚡️“YIL AYOLI” milliy tanloviga start berildi! Mamlakatimizning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanişiga munosib hissa qöşib kelayotgan, yuksak maʼnaviyatli, oilada va farzand tarbiyasida ibrat böliş bilan birga, özi faoliyat körsatayotgan taşkilot nufuzini oşirişda faol iştirok etayotgan xotin-qizlarni qöllab-quvvatlaş maqsadida “Yil ayoli” milliy tanlovi ötkazilmoqda. Mazkur tanlov — mamlakatimiz xotin-qizlarining intellektual salohiyati, ijtimoiy-siyosiy faolligi hamda jamiyat va davlat hayotidagi örnini yuksak eʼtirof etiş, turli sohalardagi ilğor tajribalarni ommalaştiriş va ularning yetakçilik fazilatlarini munosib rağbatlantirişga qaratilgan muhim taşabbusdir. 👩‍💼 Kimlar qatnaşişi mumkin? 35 yoşdan yuqori bölgan, öz yönalişida kamida 5 yil uzluksiz faoliyat yuritayotgan mutaxassislar hamda oilasi va mahallasida ibratli bölgan uy bekalari. 🎁 Ğoliblarni qanday mukofotlar kutmoqda? 🇺🇿Gran-pri — Prezident sovğasi (Avtomobil); ✔️1-örin — BHMning 50 baravari miqdorida pul mukofoti; ✔️2-örin — BHMning 40 baravari miqdorida pul mukofoti; ✔️3-örin — BHMning 30 baravari miqdorida pul mukofoti. (Şuningdek, turli nominatsiyalar ğoliblari ham qimmatbaho sovğalar bilan taqdirlanadi). Ötkaziliş tartibi va vaqti: Nomzodlar öz iş joyi (taşkilot, korxona) yoki mahalla fuqarolar yiğini tomonidan tavsiya etiladi. Tanlovning hududiy bosqiçlari noyabr oyida, Respublika bosqiçi esa dekabr oyida bölib ötadi. 👉Tanlovning 11 ta nominatsiyasi va qatnaşiş şartlari haqida gov.uz/wcu orqali batafsil tanişişingiz mumkin. 📞 Qöşimça ma’lumot uçun: 71-202-10-82

Manba →