Mahalliy maishiy texnika savdosini rag‘batlantirish va aholiga qulaylik yaratish maqsadida yangi moliyaviy mexanizm yo‘lga qo‘yiladi.

Mahalliy maishiy texnika savdosini rag‘batlantirish va aholiga qulaylik yaratish maqsadida yangi moliyaviy mexanizm yo‘lga qo‘yiladi.
Banklar tomonidan mamlakatimizda ishlab chiqarilgan muzlatkich, kir yuvish mashinasi, konditsioner va boshqa maishiy texnikalar xaridi uchun yillik 18 foiz stavkada iste’mol kreditlari ajratish rejalashtirilmoqda.
Bu, bir tomondan, oilalarning zamonaviy maishiy texnika xarid qilish imkoniyatlarini kengaytirsa, ikkinchi tomondan, mahalliy korxonalar mahsulotlarining sotuvini oshiradi.
Mutasaddilarga ikki haftada tegishli hisob-kitoblarni tayyorlab, tijorat banklariga ushbu maqsadlar uchun arzon resurs joylashtirish bo‘yicha aniq taklif kiritish topshirildi.
Prezidentimiz xorijiy investorlar va mahalliy tadbirkorlar bilan muloqotda ularning taklif va tashabbuslarini tingladi.
Facebook|Instagram|X