O‘zbekiston elektrotexnika korxonalari xorijiy davlat xaridlarida ham ishtirok etish bo‘yicha tajriba to‘plamoqda. Jumladan, “NURA Electric” korxonasi Kambodjada 2 million dollarlik tenderda g‘olib bo‘lgan.

O‘zbekiston elektrotexnika korxonalari xorijiy davlat xaridlarida ham ishtirok etish bo‘yicha tajriba to‘plamoqda. Jumladan, “NURA Electric” korxonasi Kambodjada 2 million dollarlik tenderda g‘olib bo‘lgan.
Biroq yirik xalqaro tenderlarda bank kafolatini olish tartibi tadbirkorlar uchun qiyinchilik tug‘dirmoqda. Masalan, 10 million dollarlik kafolat uchun shunga mos garov ta’minoti talab etiladi.
Prezidentimiz ishlab chiqarish tajribasi, barqaror aylanmasi va moliyaviy imkoniyati bo‘lgan korxonalarni qo‘llab-quvvatlash muhimligini ta’kidladi. Banklarga korxonalarning moliyaviy holatini baholash asosida kafolat berishning soddalashtirilgan tartibini ishlab chiqish va bir oyda tadbirkorlarga e’lon qilish topshirildi.
Mahalliy elektrotexnika mahsulotlariga ichki bozorda talabni rag‘batlantiruvchi yangi mexanizmlar joriy etiladi.
Hozir energetika sohasidagi xususiy sheriklik loyihalarida mahalliy mahsulotlar ulushi kamida 25 foiz, kabel mahsulotlari bo‘yicha esa 70 foiz bo‘lishi talabi mavjud.
Endilikda alohida soliq va boshqa imtiyozlardan foydalanayotgan yoki davlatdan arzon resurs olgan, qiymati 10 million dollardan yuqori investitsiya loyihalariga ham ushbu talablar tatbiq etiladi.
Facebook|Instagram|X