Davlat xaridlari doirasida mamlakatimizda har yili 10 trillion so‘mlik elektrotexnika mahsulotlari sotib olinadi.

Davlat xaridlari doirasida mamlakatimizda har yili 10 trillion so‘mlik elektrotexnika mahsulotlari sotib olinadi.
Ilgari tadbirkorlar davlat korxonalarining buyurtmalarini to‘rt-beshta alohida platforma orqali kuzatishga majbur edi. Endilikda barcha davlat buyurtmalari bitta platformada aks ettiriladigan tizim joriy qilindi.
Bundan tashqari, 1-yanvardan davlat xaridlari bo‘yicha uch yillik rejalarni oldindan e’lon qilish boshlanadi. Bu tadbirkorlarga talabni oldindan bilib, ishlab chiqarishni kengaytirish, yangi uskunalar xarid qilish va investorlar jalb etish imkonini beradi.
Davlat xaridlarida faqat eng arzon narxga qarab mahsulot tanlash amaliyoti qayta ko‘rib chiqiladi. Chunki arzon import mahsulotning keyingi ekspluatatsiya xarajatlari ancha yuqori bo‘lishi mumkin.
Masalan, nazorat xaridi doirasida o‘rganilgan ikkita 40 kilovattli transformatordan import mahsulot mahalliysidan 400 ming so‘m arzon bo‘lgan. Ammo uning elektr energiyasining sarfi 10 foizga, foydalanish davridagi ta’mirlash xarajati esa to‘rt barobarga yuqoriligi aniqlangan.
Shu sabab davlat xaridlarida mahsulotning butun xizmat muddati davomidagi xarajatlarni baholash tizimi – “life cost” yondashuvi joriy etiladi. Bunda xarid narxi bilan birga elektr sarfi, ta’mirlash, servis va foydalanish xarajatlari ham hisobga olinadi.
Facebook|Instagram|X