← Yangiliklar

Mahalliy elektrotexnika korxonalari xalqaro moliya institutlari bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri ishlashni boshladi. Toshkent shahridagi “Artikul Aziya” va “Maxcopper”, Toshkent viloyatidagi “Techno Cable Group” va “Vades Group”, Andijondagi “Andijon kabel” ko…

Mahalliy elektrotexnika korxonalari xalqaro moliya institutlari bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri ishlashni boshladi. Toshkent shahridagi “Artikul Aziya” va “Maxcopper”, Toshkent viloyatidagi “Techno Cable Group” va “Vades Group”, Andijondagi “Andijon kabel” korxonalari o‘z loyihalariga Yevropa tiklanish va taraqqiyot bankidan 80 million dollar jalb qildi. Mazkur tajribani ommalashtirish, boshqa ishlab chiqaruvchilarni ham xalqaro moliya bozori bilan ishlashga tayyorlash zarurligi qayd etildi. Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki sanoat korxonalari uchun 2-3 milliard dollar resurs ajratishga, ularning faoliyatini baholash xarajatlarining bir qismini qoplashga tayyor. Qolgan xarajatlar va xalqaro konsultantlarni jalb etish bilan bog‘liq sarflar davlat tomonidan qoplanadi. Bu maqsadda Savdoni rivojlantirish kompaniyasi hisobidan har bir korxonaga 50 ming dollargacha kompensatsiya ajratilishi belgilandi. Facebook|Instagram|X

Manba →