Prezidentimiz kelgusi yildan “1 ming muhandis-konstruktor” dasturi boshlanishini e’lon qildi. Uning doirasida mahalliy mutaxassislar malaka oshirish uchun Koreya, Yaponiya, Xitoy, Turkiya va Yevropa mamlakatlariga yuboriladi.

Nufuzli xorijiy kompaniyalarda ishlayotgan yuqori malakali vatandoshlarimizni yurtimizga jalb qilish uchun ularga munosib ish haqi va mehnat sharoitlari yaratiladi.
Shuningdek, “Yangi O‘zbekiston”, Inha, “ToshTech” va Turin politexnika kabi oliygohlarga yetakchi xorijiy universitetlar bilan qo‘shma ta’lim dasturlarini tashkil etish, mutaxassislar jalb qilish va zamonaviy muhandis-texnologlar tayyorlashni kengaytirish topshirildi.
Bu orqali mamlakatimiz sanoatining texnologik taraqqiyotiga xizmat qiladigan yuqori malakali muhandislar korpusini shakllantirish maqsad qilingan.
Facebook|Instagram|X