← Yangiliklar

Davlatimiz rahbari “NURA Electric” korxonasida muhandislik ishlanmalari va dual ta’limga katta e’tibor qaratilayotganini qayd etdi.

Davlatimiz rahbari “NURA Electric” korxonasida muhandislik ishlanmalari va dual ta’limga katta e’tibor qaratilayotganini qayd etdi. Korxonada 100 nafarga yaqin muhandis-konstruktor va texnolog o‘z ishlanmalarini amaliyotga joriy etmoqda. Yana 50 nafar talaba dual ta’lim asosida ishlab, ham maosh olmoqda, ham amaliy tajriba to‘plamoqda. Yuqori qo‘shilgan qiymatli mahsulotlar ishlab chiqarish va texnologik rivojlanish uchun zamonaviy muhandislar, konstruktorlar va ilmiy ishlanmalar hal qiluvchi ahamiyatga ega ekani ta’kidlandi. Hozirda texnika oliygohlarining 20 nafar talaba va tadqiqotchisi Koreyadagi elektronika korxonalarida ta’lim olmoqda. Ularning soni yaqinda 100 nafarga yetkaziladi. Facebook|Instagram|X

Manba →