Keyingi uch yilda elektrotexnika va unga bog‘liq yangi sanoat yo‘nalishlarida umumiy qiymati 11 milliard 600 million dollarlik 164 ta loyihani amalga oshirish rejalashtirilgan.

Keyingi uch yilda elektrotexnika va unga bog‘liq yangi sanoat yo‘nalishlarida umumiy qiymati 11 milliard 600 million dollarlik 164 ta loyihani amalga oshirish rejalashtirilgan.
Tarmoq oltita asosiy yo‘nalishda rivojlantiriladi. Jumladan, kabel sanoatida 2,5 milliard dollarlik 41 ta, transformatorlar va nasoslar ishlab chiqarishda 1,4 milliard dollarlik 29 ta, sanoat robototexnikasi va uskunasozlikda 3 milliard dollarlik 45 ta loyiha bajariladi.
Shuningdek, transport va elektromobillar uchun elektrotexnika mahsulotlari bo‘yicha 650 million dollarlik 9 ta, elektron komponentlar va mikroelektronika bo‘yicha 3,5 milliard dollarlik 21 ta, maishiy texnika sohasida 600 million dollarlik 19 ta loyiha nazarda tutilgan.
Har bir yo‘nalishga mas’ul rahbarlar va asosiy buyurtmachilar biriktiriladi. Ularga tayanch investorlarni jalb qilish, ilmiy markazlar va texnika oliygohlari bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yish topshirildi.
Facebook|Instagram|X