Ilmiy tadqiqotlar va sanoat o‘rtasidagi hamkorlikni kuchaytirish uchun kelajak texnologiyalari bo‘yicha tadqiqotchilarni sanoat korxonalari bilan bog‘laydigan “Yangi sanoat” milliy platformasi ishlab chiqiladi.

Har bir hududda 1-mayga qadar bittadan tadqiqot va ishlanmalar (R&D) markazi yoki texnoparkni yangi sanoat yo‘nalishlariga moslashtirib, mahsulotlarni sinovdan o‘tkazish maydonchasini tashkil etish vazifasi belgilandi. Ular yirik korxonalar va kichik tadbirkorlar o‘rtasidagi kooperatsiyani mustahkamlaydi.
Shuningdek, mutasaddilarga ikki haftada robototexnika sohasini rivojlantirish bo‘yicha qaror loyihasini, 1-martgacha esa uskunasozlik va elektronika tarmoqlarini qo‘llab-quvvatlashning kompleks dasturini tayyorlash topshirildi.
Facebook|Instagram|X