Mamlakatimizda yuqori texnologiyali sanoatni rivojlantirish uchun zarur poydevor shakllanmoqda. To‘qimachilik, metallni qayta ishlash, qurilish va boshqa sohalar uchun texnologik uskunalar chiqaradigan o‘nlab korxonalar paydo bo‘ldi. Ohangaron texnopar…

Mamlakatimizda yuqori texnologiyali sanoatni rivojlantirish uchun zarur poydevor shakllanmoqda. To‘qimachilik, metallni qayta ishlash, qurilish va boshqa sohalar uchun texnologik uskunalar chiqaradigan o‘nlab korxonalar paydo bo‘ldi. Ohangaron texnoparkida mikroprotsessor modullari ishlab chiqarilmoqda, koreyalik hamkorlar bilan Toshkent shahrida robotlar ishlab chiqarish loyihasi boshlangan.
Bunday korxonalarni ko‘paytirish orqali iqtisodiyot tarmoqlarini zamonaviy uskunalar, sanoat robotlari va elektronika mahsulotlari bilan ta’minlaydigan yaxlit ekotizimni shakllantirish maqsad qilingan.
Shu bois, Nurafshon shahrida “Kelajak texnologiyalari markazi” tashkil etiladi. Markaz korxonalariga IT-park rezidentlari bilan bir xil imtiyozlar beriladi. Robotlar, elektronika va texnologik uskunalar ishlab chiqarish uchun zarur xomashyo hamda butlovchi qismlar import bojidan ozod etiladi. Ushbu yo‘nalishdagi ilmiy ishlanmalardan olingan daromadga soliq solinmaydi.
Facebook|Instagram|X