Yig‘ilishda Andijonda ofis texnikasi va tayyor kabel to‘plamlari, Toshkent shahrida serverlar, interaktiv panellar va sensorli datchiklar, Qashqadaryoda televizorlar uchun elektron platalar kabi yuqori qo‘shilgan qiymatli elektrotexnika mahsulotlari is…

Yig‘ilishda Andijonda ofis texnikasi va tayyor kabel to‘plamlari, Toshkent shahrida serverlar, interaktiv panellar va sensorli datchiklar, Qashqadaryoda televizorlar uchun elektron platalar kabi yuqori qo‘shilgan qiymatli elektrotexnika mahsulotlari ishlab chiqarish bo‘yicha loyihalarni yo‘lga qo‘yish vazifasi belgilandi.
Davlatimiz rahbari ichki bozor talabini qoplash bilan birga bunday mahsulotlar hisobiga eksport hajmini 5 milliard dollarga yetkazish imkoniyati borligini qayd etdi.
Prezidentimiz uchrashuvda ishtirok etayotgan 10 dan ortiq xorijlik investor va 100 dan ziyod mahalliy tadbirkorlarni yuqori qo‘shilgan qiymatli yangi loyihalar bilan faol ishtirok etishga chaqirdi.
Facebook|Instagram|X