← Yangiliklar

Prezidentimiz elektrotexnika sanoatidagi navbatdagi vazifa ishlab chiqarish quvvatlarini ko‘paytirish bilangina cheklanmasdan, katta texnologik sakrashni amalga oshirish ekanini ta’kidladi.

Prezidentimiz elektrotexnika sanoatidagi navbatdagi vazifa ishlab chiqarish quvvatlarini ko‘paytirish bilangina cheklanmasdan, katta texnologik sakrashni amalga oshirish ekanini ta’kidladi. Masalan, 2030-yilgacha energiya saqlash quvvatlarini 4,5 gigavattga yetkazish rejalashtirilgan. Xorijlik hamkorlar ushbu loyihalarda mahalliy mahsulotlardan foydalanishga tayyor, ammo ular uchun zarur ayrim uskunalar hali mamlakatimizda ishlab chiqarilmayapti. Shuningdek, savdo majmualari, korxonalar, uy-joylar va ko‘chalarda videokuzatuv uskunalariga talab ortib bormoqda. Ularning ichki bozordagi yillik ehtiyoji 200 million dollarga yetadi, qo‘shni mamlakatlar bozorini hisobga olganda esa 600 million dollardan oshadi. Buxorodagi “Digital security” va Samarqanddagi “Samvision” korxonalari o‘z dasturiy ta’minoti asosida yiliga 2 mingta kamera ishlab chiqarmoqda. Bunday loyihalarni ko‘paytirish zarurligi ko‘rsatib o‘tildi. Facebook|Instagram|X

Manba →