Elektrotexnika sanoati uchun asosiy xomashyolardan biri bo‘lgan mis ishlab chiqarishni oshirishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Joriy yilda 3-mis boyitish fabrikasi ishga tushirildi. Ushbu loyiha hisobiga mis ishlab chiqarish hajmi 300 ming tonnaga, 20…

Elektrotexnika sanoati uchun asosiy xomashyolardan biri bo‘lgan mis ishlab chiqarishni oshirishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Joriy yilda 3-mis boyitish fabrikasi ishga tushirildi. Ushbu loyiha hisobiga mis ishlab chiqarish hajmi 300 ming tonnaga, 2030-yilga borib esa 500 ming tonnaga yetkaziladi.
Mamlakatimizda quyosh va shamol elektr stansiyalari, energiya saqlash quvvatlari barpo etilmoqda, hududlarda keng ko‘lamli bunyodkorlik ishlari olib borilmoqda. Kelgusi o‘n yilda hamkorlar bilan 450 milliard dollarlik loyihalarni amalga oshirish maqsad qilingan.
Bu – elektrotexnika mahsulotlari uchun ham ulkan va uzoq muddatli bozor. Mamlakatimizda mis va muhim minerallar zaxiralari, salohiyatli yoshlar, tajribali tadbirkorlar hamda hamkorlikka tayyor investorlar bor. Endi ushbu imkoniyatlarni yangi texnologiya va ishlanmalar bilan birlashtirish muhimligi qayd etildi.
Facebook|Instagram|X