ŞIRINDA SAYYOR QABUL: 100 DAN ZIYOD TAKLIF VA MUROJAAT KÖRIB ÇIQILDI
ŞIRINDA SAYYOR QABUL: 100 DAN ZIYOD TAKLIF VA MUROJAAT KÖRIB ÇIQILDI
Şirin şahridagi Yoşlar markazida Özbekiston Respublikasi Prezidentining Sirdaryo viloyatidagi Xalq qabulxonasi tomonidan navbatdagi sayyor qabul ötkazildi.
Sirdaryo viloyati hokimi vazifasini bajaruvçi Doniyor Kadirov rahbarligida, tegişli taşkilot va idoralar mas’ullari iştirokida ötkazilgan qabulda fuqarolar özlarini qiynayotgan muammo va takliflarni bevosita bildirişdi.
Sayyor qabulda 90 nafar fuqaro röyxatga olindi. Ular tomonidan 100 dan ziyod murojaat va takliflar bildirildi.
Murojaatlarning asosiy qismi uy-joy va yer, kadastr hujjatlarini rasmiylaştiriş, iş bilan ta’minlaş, tadbirkorlik, moddiy yordam, içimlik suvi, yöl infratuzilmasi hamda soğliqni saqlaş masalalariga oid böldi.
Şirin şahri bilan bir qatorda Sirdaryo, Boyovut, Sayxunobod, Xovos, Mirzaobod va Guliston tumanlaridan kelgan fuqarolar ham murojaat qildi. Jumladan, yer ajratiş, suv soliği hisob-kitoblari, köçalarni asfaltlaş, uy-joy ta’miri va quriliş hujjatlarini rasmiylaştiriş masalalari kötarildi.
Qabul davomida murojaatlar mas’ullar iştirokida körib çiqilib, ularni qonuniy hal etiş, ayrim muammolarni joyida bartaraf qiliş hamda ijrosini nazoratga oliş yuzasidan tegişli topşiriqlar berildi.
Web-site | Instagram | Facebook