← Yangiliklar

“MILLIY QADRIYATLAR TARĞIBOTÇISI” RESPUBLIKA TANLOVI ĞOLIBLARI ANIQLANDI

“MILLIY QADRIYATLAR TARĞIBOTÇISI” RESPUBLIKA TANLOVI ĞOLIBLARI ANIQLANDI Abdulla Avloniy nomidagi pedagogik mahorat milliy institutida “Milliy qadriyatlar tarğibotçisi” respublika tanlovining yakuniy bosqiçi ğoliblarini taqdirlaş marosimi bölib ötdi. Tanlovda Sirdaryo viloyati vakili Baydavlatova Feruza Nordongulovna munosib iştirok etib, faxrli 2-örinni egalladi. Ğolibaga munosib e’tirof sifatida 75 million sömlik pul mukofotini oliş imkonini beruvçi vauçer hamda sertifikat topşirildi. Uşbu yutuq Sirdaryo viloyati vakilining milliy qadriyatlarimizni asrab-avaylaş va keng tarğib etiş, yoş avlodni milliy ruhda tarbiyalaş borasidagi sa’y-harakatlarining munosib e’tirofidir.

Manba →