← Yangiliklar

Mustaqillik bayrami arafasida yana bir muhim loyiha

Mustaqillik bayrami arafasida yana bir muhim loyiha Sardoba tumanining Birlashgan, Paxtakor va Fayzliobod mahallalarini M39 avtomobil yo‘li hamda Jizzax viloyatining Paxtakor tumani bilan bog‘lovchi D042 davlat ahamiyatidagi avtomobil yo‘lida keng ko‘lamli ta’mirlash ishlari olib borilmoqda. Ayni kunlarda yo‘lning belgilangan qismiga zamonaviy talablar asosida asfalt qoplamasi yotqizish ishlari jadal davom etmoqda. Mazkur yo‘lning ta’mirlanishi hududlar o‘rtasidagi transport qatnovini yanada yaxshilash, aholiga qulay va xavfsiz harakatlanish sharoitlarini yaratishga xizmat qiladi. Qurilish-ta’mirlash ishlarini sifatli va belgilangan muddatlarda yakunlashga alohida e’tibor qaratilmoqda. Ushbu avtomobil yo'li O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yillik bayrami shodiyonasi arafasida foydalanishga topshirilishi kutilmoqda.

Manba →