Sirdaryoda tibbiyot xodimlari bayrami nişonlandi







Sirdaryoda tibbiyot xodimlari bayrami nişonlandi
Sirdaryo viloyatida “Tibbiyot xodimlari kuni” munosabati bilan bayram tadbiri ötkazildi.
Unda viloyat hokimi vazifasini bajaruvçi Doniyor Kadirov, soha rahbarlari, şifokorlar, hamşiralar va faxriylar iştirok etdi.
Viloyat rahbari tibbiyot xodimlarini kasb bayrami bilan tabriklab, inson salomatligini asraş yölidagi fidokorona mehnati va yuksak mas’uliyatini e'tirof etdi.
Samarali faoliyati, kasbiga sadoqati va fidoyiligi bilan ajralib turgan bir guruh şifokor hamda hamşiralar faxriy yorliq, taşakkurnoma va esdalik sovğalari bilan taqdirlandi. Şuningdek, Oqoltin tumani tibbiyot birlaşmasiga maxsus sanitariya avtomaşinasi topşirildi.
Tadbir tökin dasturxon atrofida davom etib, madaniyat va san’at xodimlari tomonidan tayyorlangan bayramona konsert dasturi iştirokçilarga kötarinki kayfiyat ulaşdi.