SIRDARYODA RAQAMLI SOĞLIQNI SAQLAŞ MARKAZI TAŞKIL ETILDI






SIRDARYODA RAQAMLI SOĞLIQNI SAQLAŞ MARKAZI TAŞKIL ETILDI
Sirdaryo viloyatida tibbiyot tizimini raqamlaştiriş va boşqaruv samaradorligini oşiriş maqsadida zamonaviy Raqamli situatsion markaz taşkil etildi.
Viloyat hokimi vazifasini bajaruvçi Doniyor Kadirov markazda bölib, uning faoliyati, texnik imkoniyatlari hamda tibbiyot muassasalarini yagona raqamli tizim orqali monitoring qiliş jarayonlari yuzasidan taqdimot bilan tanişdi.
D-MED tizimi orqali tibbiy xizmatlar, bemorlar murojaatlari, profilaktik köriklar va skrining natijalari real vaqt rejimida tahlil qilinadi. Bu muammolarni tezkor aniqlaş va samarali boşqaruv qarorlarini qabul qiliş imkonini beradi.
Viloyat rahbari tez tibbiy yordam brigadalarini bodi-kameralar bilan ta’minlaş, ular orqali xizmat körsatiş jarayonini bevosita kuzatiş va nazorat qiliş tizimini joriy etiş taklifini bildirdi.
Bu nafaqat xizmat sifatini baholaş, tibbiyot xodimlari xavfsizligini ta’minlaşga ham xizmat qiladi.