← Yangiliklar

Sirdaryo viloyatida xalqaro hamkorlik va investitsiya loyihalari muhokama qilindi

Sirdaryo viloyatida xalqaro hamkorlik va investitsiya loyihalari muhokama qilindi Viloyat hokimi vazifasini bajaruvçi Doniyor Kadirov Xitoy va Germaniya kompaniyalari vakillari bilan qator uçraşuvlar ötkazdi. Xususan, Xitoy vakillari bilan Sirdaryo tumanida 90 million dollarlik, 75 gektar maydonni qamrab oluvçi “Amir Temurning harbiy san’ati” etnohududi va sohilböyi turistik şaharçasini barpo etiş, şuningdek, “Ikki mamlakat — ikki sanoat parki” va “Xitoy — ŞHT yaşil sanoat namunali parki” loyihalarini amalga oşiriş masalalari muhokama qilindi. Germaniyaning DB Engineering & Consulting kompaniyasi vakillari bilan esa sirdaryolik yoşlarni temir yöl sohasi böyiça kasb-hunarga va nemis tiliga öqitiş, dual ta’lim dasturlari orqali Germaniya va boşqa Yevropa davlatlarida iş bilan ta’minlaş istiqbollari körib çiqildi. Uçraşuvlarda xalqaro hamkorlikni kengaytiriş hamda yangi iş örinlari yaratiş böyiça amaliy hamkorlikning keyingi bosqiçlari belgilab olindi.

Manba →