Boyovutda çorvaçilikni rivojlantiriş imkoniyatlari muhokama qilindi





Boyovutda çorvaçilikni rivojlantiriş imkoniyatlari muhokama qilindi
Boyovut tumanidagi Oxunjon Ma’murov fermer xöjaligida Prezidentning PQ-322-son qarori ijrosiga bağişlangan körgazmali seminar ötkazildi.
Unda viloyat hokimi örinbosari Abror Xidirov, soha mutasaddilari, bank vakillari va fermerlar iştirok etdi.
Seminarda çorvaçilikni rivojlantiriş, fermer xöjaliklarini moliyaviy qöllab-quvvatlaş hamda oziq-ovqat mahsulotlari yetiştiriş hajmini oşiriş masalalari muhokama qilindi.
Xususan, fermer xöjaliklariga çorvaçilik loyihalarini amalga oşiriş uçun qöşimça garovsiz, xöjalik kafilligi asosida 1 milliard sömgaça kredit ajratiş imkoniyatlari tuşuntirildi.
Yakunda fermerlarga mavjud imtiyozlardan samarali foydalaniş va yangi loyihalarni amalga oşiriş yuzasidan tavsiyalar berildi.