Xovosda ravon yo‘llar — Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa!
Xovosda ravon yo‘llar — Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa!
Mustaqillik bayrami arafasida Xovos tumanida aholi farovonligini oshirish va hududlar infratuzilmasini yaxshilash borasidagi ezgu ishlar izchil davom etmoqda. Davlatimiz rahbarining tegishli qaroriga muvofiq, tumandagi 19 km ichki yo‘llarga zamonaviy asfalt-beton qoplamasi yotqizilmoqda.
Birgina «Karvonsaroy» mahallasini olaylik... Kechagina yomg‘irda loy, issiqda chang bo‘ladigan 9 ta ko‘chadagi 6 kilometr uzunlikdagi yo‘llar bugun tekis va ravon. Bayram shukuhiga ulangan ushbu bunyodkorlik ishlari mahalla ahli va nuroniylariga cheksiz quvonch hamda shukronalik bag‘ishlamoqda.