← Yangiliklar

Sardoba tumanida inson qadrini ulug‘lash, mehr-oqibat va saxovat tuyg‘ularini yanada yuksaltirishga qaratilgan xayrli tadbir tashkil etildi.

Sardoba tumanida inson qadrini ulug‘lash, mehr-oqibat va saxovat tuyg‘ularini yanada yuksaltirishga qaratilgan xayrli tadbir tashkil etildi. Tadbir doirasida 40 nafar bolajonlar uchun sunnat to‘yi o‘tkazilib, ularga milliy liboslar kiydirildi. Bolajonlar va mehmonlar uchun bayramona dastur tashkil etilib, ularga quvonch va unutilmas taassurotlar ulashildi. Bayram davomida yangragan kuy-qo‘shiqlar, bolajonlarning beg‘ubor kulgusi va samimiy tabassumlari tadbirga o‘zgacha fayz bag‘ishladi. Zero, ularning baxtli kulgusi yurtimiz tinchligi va farovonligining yorqin ifodasidir.

Manba →